Ommaviy oferta
Ilovadan foydalanishdan oldin quyidagi shartlar bilan tanishib chiqing. «Roziman» tugmasini bosish orqali siz ushbu shartlarni qabul qilasiz.
1. Shaxsiy ma’lumotlar
F.I.Sh., talaba ID, telefon raqami va yuz tasviri faqat davomatni tasdiqlash maqsadida qayta ishlanadi. Yuz tasviri texnikum serverida saqlanadi, telefonda saqlanmaydi.
2. Uchinchi shaxslarga berilmaydi
Ma’lumotlaringiz uchinchi shaxslarga sotilmaydi, berilmaydi va oshkor qilinmaydi — qonunda belgilangan hollar bundan mustasno.
3. Joylashuv (GPS)
Jonli GPS faqat davomat belgilash paytida texnikum hududida ekaningizni tasdiqlash uchun ishlatiladi. Boshqa vaqtda joylashuv kuzatilmaydi.
4. Saqlash muddati
Davomat yozuvlari o‘qish davri tugagunga qadar saqlanadi. Talabalikdan chetlashtirilganda yoki bitirgach, biometrik ma’lumotlar o‘chiriladi.